Navoiy viloyati IIB boshlig‘i tomonidan voleybol sport turini rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirokida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi
Voleybol sport turini rivojlantirish hamda xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha bir qator samarali ishlar tashkil etilmoqda. Viloyat IIB boshlig‘ining navbatdagi yig‘ilishida ham ayni shu masalaga e’tibor qaratildi. Unda voleybol sport turini ommalashtirish, yoshlarni mazkur sportga jalb etishda mas’ul xodimlar bilan bir qatorda, shahar-tuman IIB rahbarlari ham masofaviy tarzda ishtirok etdi.
Yig‘ilishda sportning voleybol turini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama etildi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yoshlar qamrovini kengaytirish hamda musobaqalar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati