Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan aholi gavjum hududlarda nazorat-reyd tadbirlari tashkil etilmoqda
Yurtimizda tinchlik osoyishtalikni asrash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonasini koʻtarinki ruhda, xotirjamlikda nishonlash maqsadida Navoiy viloyati boʻylab tun-u kun uzluksiz xizmat tashkil etilgan.
Jumladan, viloyat IIB JXX boshligʻi tomonidan shahar hududida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan navbatdagi xizmat oldi saf yoʻriqnomasi oʻtkazildi.
Unda xodimlarga jamoat tartibini saqlash jarayonida aholi bilan hushmuomalada boʻlish, oʻgʻirlik, firibgarlik, talonchilik kabi jinoyatlarga sabab boʻlayotgan omillarni oʻz vaqtida bartaraf etish, haydovchi va piyodalarni avtomobil yoʻllarida xavfsiz harakatlanishini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi. Shundan soʻng, xodimlar tomonidan aholi gavjum hududlarda - kafe, bar, kompyuter xonalari, dorixona va savdo majmualarida targʻibot ishlari olib borildi. Korxona va tashkilotlarning qorovullari bilan suhbatlashilib, tungi vaqtda hushyor boʻlishlari, eʼtibor qilishlari lozim boʻlgan holatlar boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati