Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan joylarda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda
Navoiy viloyati hududida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini ishonchli ta’minlash, jamoat tartibini saqlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, barcha shahar va tumanlarda ayni paytda keng tarqalgan kiberjinoyatlar, internet firibgarligi va ularni oldini olishga qaratilgan targ‘ibotlar tashkil etildi. Bu kabi profilaktik tadbirlarga korxona va tashkilot ishchilari, keng jamoatchilikning ishtiroki ta’minlanib mutasaddilar tomonidan “mahallabay”, “xonadonbay” tartibda ish olib borildi. Aholini kibermadaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan mazkur yig‘inlar va uchrashuvlar davomida ijtimoiy tarmoqda faol bo‘lgan fuqarolarni kibernayranglar qurboni bo‘lib qolmasligi, yolg‘on va soxta havolalarga aldanmasliklari shuningdek, plastik kartalari ma’lumotlarini begonalarga bermasliklari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Targ‘ibot ta’sirchanligini oshirish maqsadida ogohlik bukletlari tarqatildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati