30 Aprel 2024 yil 2119

Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda Navoiy Innovatsiyalar universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi asosida Navoiy viloyati IIB psixologlari va Karmana tuman xotin-qizlar masalalari boʻyicha mas`ul xodimlar hamda universitetda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar  bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Talaba-yoshlar va universitet xodimlari oʻrtasida jinoyatchilik va huqubuzarliklarni oldini olish qonun buzilishining har qanday koʻrinishiga murosasizlik tuygʻusini singdirish bilan bir qatorda, talabalar oʻzlarini psixologik boshqarishning baʼzi bir usullari, oʻz ustida muvaffaqiyatli ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratish yoʻllari, shaxsiy hayotda vujudga keladigan muammolarni oldini olish hamda ularga yechim topish, shaxsiy koʻnikmalar rivojalinishini mukammallashtirish texnikalari bilan tanishishdi.
Bu kabi tadbirlar katta hayot ostonasiga qadam qoʻyayotgan yosh oʻgʻil-qizlarning jamiyatda munosib oʻrin topishlarida ahamiyati katta. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech