27 Yanvar 2025 yil 2277

Navoiy viloyati IIB xodimlari Gulina Obloqulova va Xo‘jaqul Ergashovlar sportning ''Sambo'' va ''Jangovor sambo'' turlari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi

Joriy yilning 23-26 yanvar kunlari Buxoro shahrida sportning "Sambo" va "Jangovar sambo" turlari bo‘yicha "O‘zbekiston chempionati" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu nufuzli musobaqada Navoiy viloyati IIB JXX JTSB PPXB safdor xodimasi Gulina Obloqulova "Sambo" turi bo‘yicha 72 kg vazn tofasida faxrli 1-o‘rinni, shuningdek, TVBSO katta mutaxassisi kichik serjant Xo‘jaqul Ergashev musobaqaning "Jangovar sambo" turi bo‘yicha 79 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qahramonlarimiz mazkur musobaqada erishgan natijalari bilan joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo va Jahon chempionatlari musobaqalarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech