Navoiy viloyati IIB xodimlari ishtirokida 2025 yil — "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" mavzusida navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi tashkil etildi
Ma’naviyat shunday bir qudratli kuchki, u millatni buyuk va ulug‘vor maqsadlar sari yetaklaydi. Shu nuqtai nazaridan tashkil etilgan mazkur dars “Atrof muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot” mavzusida bo‘ldi. Unda so‘z olgan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining mas’ul xodimi tuproq, suv va havo musaffoligining aholi salomatligidagi ahamiyati shuningdek, joriy yilda amalga oshirilishi reja qilingan ishlar bilan o‘rtoqlashdi.
Kun tartibiga ko‘ra IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘limining vakili ham so‘zga chiqib, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar olib bordi.
18-25 dekabr kunlari Ichki ishlar organlarida o‘tkazilgan “Yoshlar haftaligi”da faol ishtirok etgan, hududning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shgan, tengdoshlari orasida alohida o‘rnak bo‘layotgan yosh xodim mayor Bobur Nasimovga shu kuni Ichki ishlar vazirligining esdalik qo‘l soati ham topshirildi.
Muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan Ma’naviyat va ma’rifat soati xodimlarni ruhan qo‘llab quvvatlashda, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati