7 Fevral 2025 yil
748
Navoiy viloyati IIB kinologlariga sinov imtihonlari asosida malaka darajasi berildi
Ichki ishlar organlarining kinolog xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka toifasini berish tartibi ishlab chiqilgan bo‘lib, ko‘rsatgichlar maxsus komissiya tomonidan baholanadi. Navoiy viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari ham xizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlarini to‘liq o‘zlashtirganligi yuzasidan malakaviy imtihon sinovlarini topshirishdi. Natijalarga ko‘ra xodimlar 3-toifali kinolog, 2-toifali kinolog va 1-toifali kinolog darajasiga ega bo‘lishdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati