Navoiy viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari harbiy prokuratura xodimlari uchun oʻquv amaliy mashgʻulot tashkil etishdi
Har bir sohada tajriba,
malaka almashishning ahmiyati katta. Boisi, fikrlar uygʻunligi, yangiliklar
sharhi xodimda kasbiga nisbatan ishtiyoqni oshiradi. Navoiy viloyati IIB Ekspert-kriminalistika
markazi xodimlari tomonidan viloyat
harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda garnizondagi harbiy qism va
muassasalarning tergovga qadar tekshiruvini amalga oshiruvchi mansabdor
shaxslari bilan “Tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilishida ahamiyat berilishi
lozim boʻlgan holatlar hamda ekpertiza tayinlash va oʻtkazish tartibi”
mavzusida oʻquv-amaliy mashgʻuloti oʻtkazildi. Mashgʻulotda boshqarma
Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan ekspert-kriminalistika
xizmatining jinoyat va huquqbuzariklarni fosh etishdagi zamonaviy imkoniyatlari
boʻyicha tushunchalar berildi. Xususan, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Navoiy
viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi uchun ajratilgan toʻliq jihozlangan
harakatlanuvchi kriminalistik laboratoriya - “Volkswagen Crafter”
avtomashinasidagi kriminalistik-texnik vositalar, laboratoriya jihozlari va
maxsus texnikalardan foydalangan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish,
oʻtkazilayotgan tezkor-qidiruv tadbirlari, tergov va sud harakatlarida
dalillarni toʻplashda kriminalistik ilmiy usul va vositalarini qoʻllash
yoʻnalishida xodimlarga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, oʻtkazilib
kelinayotgan ekspertiza turlari boʻyicha xodimlarni qiziqtirgan savollarga
javob berilib, ularning nazariy bilimlari mustahkamlandi.
Navoiy viloyati IIB Axborot
xizmati