31 May 2024 yil 1284

Navoiy viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi hamda Navoiy viloyati Prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari uchun mahorat darsi tashkil etishdi

Navoiy viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi hamda Navoiy viloyati Prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari uchun mahorat darsi tashkil etishdi. Xususan, dars davomida soʻzga chiqqanlar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qonun ustuvorligini taʼminlash, hamda Ekspert-kriminalistika sohasi va uning jinoyatlarni fosh etishdagi roli, faoliyat turlari boʻyicha tushunchalar berildi. Bundan tashqari  oʻquvchilarga sudga oid hujjatlarni texnik-kriminalistik ekspertizasi va xatshunoslik ekspertizasi, milliy va chet el valyutalarini soxtasidan farqlash boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtib berishdi. Tadbir soʻngida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishdi. 

Yosh avlodni kelgusida Vatan taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan farzand etib tarbiyalashda bu kabi oʻquv-amaliy mashgʻulotlarning ahamiyati katta.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech