28 Noyabr 2024 yil 1010

Navoiy viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutasaddilari tomonidan IIV Navoiy akademik litseyida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi 

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limni tamomlash arafasida turgan yosh o‘g‘il-qizlar ichida huquqni muhofaza qilish organlari xodimi bo‘lishni maqsad qilganlar kam emas. Ammo, ko‘pchilik qaysi oliy ta’lim muassasasida o‘qish lozimligi va buning uchun qanday fanlar bo‘yicha sinov imtihonlari topshirishni bilmaydi. Shu maqsadda Navoiy viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari va boshqa mutasaddilar o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etishmoqda.

 IIV Navoiy akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga hujjat topshirish tartibi, qabul jarayoni, o‘tkaziladigan tanlovlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, akademiyada kursantlarning ta’lim olishlari, sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar sanab o‘tildi. Tadbir davomida ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlarni ijtimoiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda IIV akademiyasi tarixi va buguni aks etgan videorolik namoyish etildi.

Litsey o‘quvchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech