21 Noyabr 2023 yil 946

Navoiy viloyati IIB NKMK IIB shaxsiy tarkibi oʻrtasida oylik doirasida milliy kurash musobaqasi tashkil etildi

Kurash polvonlar sporti. Gilamda halol olishib raqib kuragini yerga tekkizgan er-yigit vatan himoyasi, xalq koriga yaraydi.  “Jismsoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Navoiy viloyati IIB NKMK IIB shaxsiy tarkibi oʻrtasida milliy kurash musobaqasi tashkil etildi. Qizgʻin va murosasiz oʻtgan musobaqada xodimlar bilagidagi kuchini sinovdan oʻtkazdi. Bahslar yakunida 3 polvon xodimning koʻrsatkichlari eʼtirof etildi. 3-oʻrinni safdor Arslon Shaxarov, 2-oʻrinni safdor  Rustam Iyupov egalladi. Kichik serjant Anvar Rozikov barcha raqiblarni gilamda magʻlub etib mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech