2 Sentyabr 2025 yil 395

Navoiy viloyati IIB boshlig‘i “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab internatining “Bilimlar kuni”da ishtirok etdi

   "Bilimlar kuni" munosabati bilan Navoiy shahrida joylashgan “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab internatida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev ham ishtirok etib, o‘quvchi va murabbiylarni bayram bilan qutladi. O‘z so‘zida mazkur muassasada ta’lim olib yuksak natijalarga erishayotgan o‘quvchilarni e’tirof etib, ayni paytda yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanishlari, Vatanga, xalqqa munosib farzand bo‘lishlari lozimligini ta’kidladi. 

    Shundan so‘ng, "Nurli maskan"ning bu yilgi navnihollari, endigina maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 13 nafar 1-sinf o‘quvchilari bilan uchrashib, Prezident sovg‘alarini topshirdi. Orzu-maqsadlari xususida samimiy suhbatlashdi.

  Navoiy vilodyati IIB Axborot xizmati

Text to speech