28 Oktyabr 2023 yil 1058

Navoiy viloyati IIB, Prokuraturisi va Milliy Gvardiya boshqarmasida hududlarda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati hamda bu boradagi ustuvor vazifalarni belgilash yuzasidan oʻquv mashgʻuloti olib borildi

Ichki ishlar xodimlarini jismonan baquvvat boʻlishi barobarida maʼnan yetuk va ruhan barkamol boʻlishining ahamiyati katta. Binobarin,  respublika miqyosida bu borada qator islohotlar amalga oshirilmoqda.   Davlatimiz rahbarining 2023-yilning 28-iyul kuni “Hududlarda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati hamda bu boradagi ustuvor vazifalar”ga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyatiga tashrif buyurgan IIV Akademiyasining professor-oʻqituvchilaridan iborat ishchi guruh, xodimlar uchun oʻquv mashgʻulotlari tashkil etishdi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda osoyishtalik posbonlarini bilim va koʻnikmalarini oshirish borasidagi mazkur oʻquvda hudud kriminogen vaziyatidan kelib chiqib ish koʻrish, fuqarolar bilan targʻibot tadbirlarini muntazam tashkil qilish, tungi xizmatda nazoratni kuchaytirish borasida zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek,  shu kuni xodimlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv ham tashkil etilib oʻzining naʼmunali xizmati, tartib intizomi bilan sohaga munosib hissa qoʻshgan xodimlarning ota-onalariga II vazirining tashakkurnomalari taqdim etildi. Mazkur qoʻshma qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha uchrashuvlar  viloyat Prokurotura xodimlari bilan ham tashkil etildi. Boʻlib oʻtgan yigʻilish hududda jinoyatchilikka qarshi kurashishda yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish chora-tabirlarini isloh qilish, harakatni kuzatuvchi  kameralar nazoratini kuchaytirish, yoʻl chiroqlari va maxsus belgilarni takomillashtirish boʻyicha muhim tavsiyalar berilib, firibgarlik, oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish, oʻgʻirlik va ogʻir hamda oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarni sodir etilishaga zamin yaratayotgan omillarni oʻz vaqtida aniqlab bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilash borasida kelishib olindi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan uchrashuv davomida ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, jinoyatchilikni jilovlash va uni issiq izida fosh etish, fuqarolar bilan targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish lozimligi tushuntirilib, bu boradagi xalqaro tajribalardan misollar keltirildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech