9 Fevral 2024 yil 4552

Navoiy viloyati IIB Tergov boshqarmasi xodimlari hamda Sogʻliqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda targʻibot tadbiri tashkil etildi

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasida tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirda oʻtgan yilning 12 oyi davomida viloyat sogʻliqni saqlash tizimida sodir etilgan jinoyatlar, ularning sodir etilish sabab va sharoitlari, oldini olish choralari yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar muhokama etildi. Uchrashuvda, tibbiyot xodimlari tomonidan sodir etilayotgan firibgarlik, pora olish va olishda dalolatchilik qilish, taʼmagirlik  kabi jinoyatlarni oldini olish boʻyicha tushunchalar berildi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech