5 Dekabr 2023 yil 1233

Navoiy viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi mutaxassislari tomonidan targʻibot tadbiri tashkil etildi

  Salomatlik bebaho boylik. Sogʻlom turmush tarziga amal qilish har bir inson salomatligi uchun muhimdir. Ayniqsa  yurt tinchligini salashga bel bogʻlagan ichki ishlar xodimlari uchun jismoniy sogʻlom va ruhiy barkamol boʻlishning ahamiyati katta. Shu maqsadda Navoiy viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi shifokorlaridan iborat mutaxassislar joylarda samarali targʻibot ishlarini amalga oshirmoqda. Targʻibot tadbirlari davomida xodimlarni turli feʼl-atvordagi shaxslar bilan muloqot qilishlari buning natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ruhiy zoʻriqishlar, stress holatlarda ruh salomatligini saqlash borasidagi qimmatli tavsiyalarni berishdi. Shuningdek, xizmat davomida turli ziddiyatli va murosasiz uchrashuvlarda oʻzni boshqarish, ruhiy zoʻriqishlarni bartaraf etish boʻyicha asosli tushunchalar berildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech