27 Noyabr 2024 yil
2252
Navoiy viloyati IIB TVBSOning 5 nafar xodimlari “Alvon bеret” sohibi bo’ldi
Joriy yilning 18-22 noyabr kunlari Toshkent viloyatida IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar batalon otryadlar xodimlari ishtirokida “Alvon beret” sinovlarining respublika bosqichi o’tkazildi. Mazkur sinovlarda tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar batalon va otryadlardan “Alvon beret” sohibligini himoya qiluvchi va nomzodligini bildirgan 131 nafar xodimlar ishtirok etdilar. Sinovlar 4 bosqichda 12 turdagi mashqlarni o’z ichiga oldi. Jismoniy tayyorgarlik va maxsus harbiy mashg’ulotlar sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan 5 nafar Navoiy viloyati IIB TVBSO xodimlari ham “Alvon beret” sohibi bo'ldi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati