9 Mart 2024 yil 3044

Navoiy viloyati IIB va DXX boshliqlari Konimex, Navbahor va Xatirchi tumanida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida oʻrganishlar olib bordi

Bugun oʻz tengdoshlariga ibrat boʻlayotgan, jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotgan yoshlarimiz bisyor.Shuningdek, hayotda oʻz oʻrnini topishga qiynalayotgan, koʻmakka muhtojlari ham yoʻq emas. Navoiy viloyati IIB boshligʻi A.D.Tasbayev yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatib muammolarini oʻrganmoqda.

Shu maqsadda Navoiy viloyati IIB va DXX boshliqlari Konimex,Navbahor, Xatirchi  tuman yoshlari bilan uchrashib ularni tadbirkorlik bilan shugʻullanishi, tomorqa yerlaridan tejamli foydalanishi boʻyicha koʻlamli ishlarni amalga oshirdi.  Ishsiz, uyushmagan yoshlarni bandligini taʼminlash hududlar boʻylab davom etmoqda.


 


 Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech