28 Iyun 2025 yil 1572

Navoiy viloyati IIB xodimlari ishtirokida "Fuqarolar bilan ishlash moduli" bo'yicha sayyor o'quv mashg'ulotlari boshlandi

  Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlari uchun “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha qisqa muddatli sayyor o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotlar ilg‘or va innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanilgan holda tashkil etilmoqda.

  Ta’lim jarayonida Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan nostandart vaziyatlar va muammoli holatlarga oid tayyorlangan maxsus videolavhalar namoyish etildi va ular asosida mavzuga doir huquqiy yechimlar atroflicha tahlil qilindi. Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, soha mutaxassislaridan tegishli javoblar va amaliy tavsiyalar olishdi.O‘quv mashg‘ulotlari belgilangan reja asosida davom etmoqda.

  Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech