12 Yanvar 2024 yil 3053

Navoiy viloyati IIB Jamoat xavfsiziligi xizmati Probatsiya boʻlimi  tomonidan yil yakuni boʻyicha sarhisob yigʻilishi oʻtkazildi

Dastlab yigʻilishda Navoiy viloyati IIB JXX Probatsiya boʻlimi boshligʻi soʻzga chiqib oʻtgan 12 oy mobaynida probatsiya xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot berdi. Jumladan, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda  mehnat yarmarkalari tashkil etilib 982 nafar probatsiya hisobidagi shaxslar bandligi taʼminlandi. Shuningdek, 9 nafari muayyan kasbga oʻqitildi. Davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda, probatsiya hisobidagi shaxslarning oilaviy ahvoli, turmush tarzi, sharoiti va moddiy ahvoli oʻrganilib 571 nafar mahkumlarga ijtimoiy-moddiy yordam koʻrsatildi.

Tadbirda IIV JXX Probatsiya xizmati boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Rustam Xojiyev va viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Aziz Rafiyevlar ham ishtirok etib  yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga toʻxtaldi. Navoiy va Zarafshon shahri, Karmana tumanlarida probatsiya hisobidagi shaxslarni qayta jinoyat sodir etish sabablari tahlil etildi. 

Yigʻilish soʻngida, 2024-yil davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olinib, masʼullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, samarali xizmati bilan ijobiy natijalarga erishgan xodimlarga tashakkurnomalar topshirildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech