9 Oktyabr 2024 yil 2811

Navoiy viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi tomonidan nazorat tadbirlari tashkil etilmoqda

 Inson salomatligi uchun iste’mol mahsulotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor hamda savdo markazlarini sifatli iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi tomonidan ko‘plab nazorat, targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Profilaktik tadbirlarda aholi ko‘p iste’mol qiladigan, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq, sut va tuxum kabi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati ko‘zdan kechirilmoqda. 

Jarayonlarda, muddati o‘tgan, yaroqlilik muhri bo‘lmagan sifatsiz mahsulotlar ortidan daromad topayotgan sotuvchilar ham aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech