10 Oktyabr 2024 yil 3110

Navoiy viloyati IIB JXX JTSB Maxsus qabulxona shaxsiy tarkibi tomonidan profilaktik ishlar olib borilmoqda

Ma’muriy huquqbuzarga nisbatan sud qaroriga ko‘ra belgilangan qamoq jazosining ijrosi Maxsus qabulxonada ta’minlanadi. Navoiy viloyati IIB JXX JTSB Maxsus qabulxona mutasaddilari va boshqa sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda muassasada saqlanayotgan shaxslar bilan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ular bilan umumiy va yakka tartibda profilaktik suhbat o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

 -  Ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan shaxslarning jazo o‘tash jarayonini nazorat qilish barobarida, ularga sodir etilgan huquqbuzarliklarining mohiyatini anglashga ko‘maklashamiz. Har qanday qonun buzilish holati uchun jazo muharrarligini tushuntiramiz. Qayta huquqbuzarlik sodir etmasliklari bo‘yicha muntazam profilaktik suhbatlar tashkil etamiz,- deydi qabulxona boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ulug‘bek Toshnazarov. 

Bu kabi profilaktik targ‘ibot ishlarining doimiy olib borilishi, kelgusida huquqbuzarlar tomonidan qayta ma’muriy huquqbuzarlik va yoki jinoyat sodir etilishining oldini olishga xizmat qilishi shubhasiz. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech