1 Fevral 2025 yil
1635
Navoiy viloyati IIBda ayol xodimalar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
Mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati IIBda faoliyat olib borayotgan ayol xodimalar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. O‘yinda shahodatlangan xodimalardan iborat “Adolat”, “To‘maris izdoshlari”, “Intellekt”, “Femida”, “Matonat” va “Zukkolar” jamoalari 2 bosqichda o‘zaro bellashdilar.
Natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni “Zukkolar” jamoasi, 2-o‘rinni “Intellekt” jamoasi egalladi. Faxrli 1-o‘ringa esa esa “Adolat” jamoasi munosib deb topildi. Gʻolib jamoalar diplom hamda kitoblar to‘plami bilan taqdirlanishdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati