9 Oktyabr 2025 yil 416

Navoiy viloyati IIBda Aralash jang sanʼatlari (MMA) sportini rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan yig‘ilish tashkil etildi 

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasining viloyat bo‘limi vakillari, ustoz-murabbiylari hamda sportchi yoshlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Dastlab, yig‘ilish boshida Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpulatovning aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasining yangi raisi etib tayinlanganligi munosabati bilan mamlakatimizda ushbu sport turining yanada rivojlanishiga, professional sportchilar safini kengaytirishga hamda sog‘lom va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi qayd etildi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan yig‘ilish davomida, MMA sport turini ommalashtirish jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, professional sportchilarni tayyorlashda murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirish, soha infratuzilmasini mustahkamlash, zamonaviy sport sharoitlari bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.

Bundan tashqari yoshlarning musobaqalardagi ishtirokini munosib rag‘batlantirish, hududlar miqyosida muntazam musobaqalar tashkil etib borish zarurligi ta’kidlandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech