6 Fevral 2024 yil 2217

Navoiy viloyati IIBda bitiruvchilarning malakaviy ishi oldi amaliyoti munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi

Navoiy  viloyati hududiy ichki ishlar organlarida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 3- oʻquv kursi kursantlari bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini oʻtashga kirishdi. Shu munosabat bilan kursantlar va ularning ota-onalari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Tadbir avvalida viloyat  IIB boshligʻi oʻrinbosari soʻzga chiqib bitiruvchilarning akademiyada olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, ustozlar malaka va koʻnikmalaridan namuna olishga eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.  

Shuningdek, yigʻilishda amaliyot davridagi shaxsiy xavfsizlik choralariga, fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq, xizmat intizomi, qonunchilikka qatʼiy rioya etishlari boʻyicha tegishli yoʻriqnomalar hamda kursantlarga amaliyot dasturini muvaffaqiyatli bajarishlari, amaliyot faoliyatiga taalluqli koʻnikmalarni shakllantirishlari, mutaxassislik boʻyicha mustahkam kasb mahoratini egallashlari boʻyicha  koʻrsatmalar berildi.

Akademiyadan tashrif buyurgan masʼul xodim podpolkovnik Azamat  Tadjiyev bitiruvchilarga murojaati davomida ichki ishlar organlariga oid buyruq, koʻrsatma va normativ-huquqiy hujjatlarni mukammal oʻrganishlari, amaliyot yoʻriqnomasiga qatʼiy rioya etishlari, yuklatilgan vazifalariga vijdonan yondashishlari aytib oʻtildi. 

Tadbir soʻngida oʻqish faoliyati davomida yaxshi natijalarga erishgan bir guruh kursantlar va ularning ota-onalariga IIV Akademiyasi hamda viloyat IIB rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech