13 Yanvar 2024 yil 2804

Navoiy viloyati IIBda yosh xodimlar faoliyatini tizimli oʻrganish maqsadida monitoring tashkil etildi 

IIV akademiyasining kunduzgi taʼlim va magistratura bitiruvchilarining faoliyatini tizimli oʻrganish va monitoring qilish orqali ichki ishlar organlari uchun mutaxassislar va boshqaruv kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Navoiy viloyatida monitoring ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning Navoiy viloyati IIBda IIV Akademiyasining 2021, 2022, 2023-yilgi bitiruvchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda IIV Akademiyasi xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedrasi boshligʻi, podpolkovnik Baxtiyor Sirliyev boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari ham ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yosh xodimlarning xizmat intizomiga rioya etishi, fuqarolar bilan munosabatda xushmomilada boʻlishi, ularni huquqlarini himoya qilish va murojaatlarni hal etishda xolis boʻljishlari yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek,  ichki ishlar organini haqchil professioanal tizimga aylantirishda halolliq va fidoiylik bilan xizmat qilish lozimligi taʼkidlandi.

 Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech