5 Iyun 2024 yil 1911

Navoiy viloyati IIBda faoliyat olib borayotgan ayol xodimalar hamda mutaxassis shifokorlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi

Navoiy viloyati IIBda faoliyat olib borayotgan ayol xodimalar hamda mutaxassis shifokorlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Mazkur uchrashuvga respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini saqlash ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali mutaxassis shifokorlari taklif etildi. Suhbat davomida xodimalarga sogʻlom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati, qarindoshlar oʻrtasidagi va erta nikohning salbiy oqibatlari kabi bir qancha mavzularda tibbiy maʼlumotlar berib oʻtildi. Shuningdek, ayollarni reproduktiv salomatligini saqsashda muntazam profilaktik amaliyotni joriy etish, vaqti-vaqti bilan ayollar maslahatxonasida boʻlish kabi tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis shifokorlardan javob olishdi. 

Bu kabi uchrashuvlarning  oʻtkazilishi tizimda faoliyat olib borayotgan xodimalarning salomatligini mustahkamlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Shu sababli, kelgusida tibbiy profilaktik tadbirlarni oʻtkazib borish boʻyicha ham hamkorlikdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech