Navoiy viloyati IIBda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari ishtirokida faxriylar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i, general-mayor Davron Nazarmuhamedovning ichki ishlar organlari faxriylari bilan navbatdagi uchrashuvi Navoiy viloyatida tashkil etildi.
Ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda Vazir oʻrinbosari viloyatda Faxriylar faoliyatiga alohida toʻxtalib o‘tdi. Faxriylarning mavjud muammolarini oʻrganish va bartaraf etish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar va joylardagi kengashlar faoliyati atroflicha muhokama qilindi. Shundan so‘ng, ochiq muloqot olib borilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Uzoq yillar sohada xizmat qilgan va amaliy tajribaga ega ustozlar soʻz olib, tizimda xizmat qilayotgan yosh xodimlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, “ustoz-shogird” anʼanasini yanada jonlantirish orqali kasbiy mahoratni rivonlantirish xususidagi taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Uchrashuv so‘nggida Faxriylar bilan aloqani yanada mustahkamlash yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati