Navoiy viloyati IIBda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov rahbarligida 2024-yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
O‘tgan davr mobaynida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor B.Y.Mirzaraximov, viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik A.D.Tasbayev, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat hamda shahar-tuman IIB rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida viloyat IIB boshlig‘i so‘z olib, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. So‘ng viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi, bu borada ichki ishlar bo‘limlari va sohaviy xizmatlarning faoliyatlari tahlil qilindi.
Navoiy va Zarafshon shahri hamda Karmana tumanida jinoyat va huqubuzarliklar, yo‘l-transport hodisalari birmunchaga oshganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi hamda ushbu holatlarning oldini olishda profilaktik ishlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi atroflicha muhokama etildi.
Shuningdek, ayrim rahbar va xodimlarning faoliyati tanqid ostiga olindi. Kelgusida jinoyatchilikni oldini olish, jilovlash va fosh etish, fuqarolar tinchligi, osoyishtalagini ta’minlash borasida chora-tadbirlar belgilab olindi va zarur topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati