Navoiy viloyati IIBda inspektor-psixologlar bilan uchrashuv hamda IIV Akademiyasi Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati faoliyati kafedrasi prоfessorlari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi
Navoiy viloyati IIB boshlig'i, polkovnik Azat Tasbayev shahar-tuman IIBlarda xizmat olib boruvchi inspektor-psixologlar bilan uchrashuv o’tkazdi. Unda viloyatda voyaga yetmaganlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarning kelib chiqish omillari tahlil qilinib, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi. Kelgusida voyaga yetmaganlar o'rtasida sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvqat oldini olish, ta’lim muassasalarining kriminogen vaziyatini yaxshilash, profilaktik-targ'ibot tadbirlarini amalga oshirish hamda ta’lim muassasalarining rahbar va o’qituvchilari bilan muntazam ravishda axborot almashinuvini kuchaytirish kabi bir qancha topshiriqlar berildi.
Shundan so'ng, IIV Akademiyasi Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati faoliyati kafedrasi boshlig’i, podpolkovnik B.Sirliyev tomonidan xodimlarga xizmat intizomi buzilishi, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik va norozichilik kabi salbiy holatlarga yo’l qo'ymaslik va ruhiy zoʻriqishlarning oldini olish hamda voyaga yetmaganlarning ruhiy holatini o'rganish va barqarorlashtirish, ular bilan doimiy ravishda muloqotda bo'lish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati