22 Yanvar 2025 yil 1917

Navoiy viloyati IIBda yil yakuniga bag‘ishlangan sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 

Navoiy viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Sh.V.Narzullayev huzurida Navoiy viloyati IIB JXX, HPB, JTSB, YHXB, Probatsiya bo‘limi tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda 2025 yilda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda joylardagi jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar tanqid ostiga olinib, atroflicha tahlil etildi. 

Xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy ichki ishlar organlari mas’ullarining faoliyatiga huquqiy baho berildi.

Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan muhokama etilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.  

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech