21 Iyun 2025 yil 374

Navoiy viloyati IIBda navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat soati bo'lib o'tdi

Ichki ishlar organlari xodimlarini ona-Vatanga va xalqiga sodiq, kasbiga fidoyi, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan qilib tarbiyalashda aynan “Ma’naviyat va ma’rifat darslari”ning o‘rni beqiyos. Shu maqsadda Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida muntazam ravishda dars mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi dars soati “Giyohvandlik- umr zavoli” mavzusida o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan  giyohvandlik va psixatrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. Shundan so'ng, IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Navoiy viloyati bo'yicha bo'limi xodimlari  Respublika hududida Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlar haqida so'z yuritib, yig'ilganlarni ogohlikka chaqirdi hamda  har bir xodim o'z xizmat vazifasini sidqidildan bajarishi, xizmat intizomiga amal qilishi va qonunbuzish holatlariga yo'l qo'ymasligi ta'kidlandi. Muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan ma’naviyat va ma’rifat darslari xodimlarni ruhan qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech