20 Avgust 2024 yil 1047

Navoiy viloyati IIBda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi


Mutaxassis xodimlarni ragʻbatlantirish, ularni malakasini oshirish, oʻz ustida ishlashiga imkoniyat yaratish maqsadida oʻtkazilayotgan koʻrik tanlovlar qatorida Navoiy viloyati IIB hamda shahar-tuman IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi. 

Oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda ishtirokchilar, oʻz sohalari boʻyicha intellektual salohiyatlari, jismoniy va jangovar tayyorgarligi hamda xizmatga oid mayoriy hujjatlarning yuritilishi boʻyicha yakka tartibdagi suhbatlar asosida oʻz tajriba va koʻnikmalarini namoyish etgan boʻlsalar, malakaviy bilimlarini test jarayonlarida namoyish etishdi.

  Koʻrik-tanlov natijalariga koʻra, birinchi oʻrinni viloyat IIB Ekpert-kriminalistika markazi katta eksperti kapitan Sardor Muhiddinov, ikkinchi oʻrinni viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti leytenant Aslan Nurmurodov qoʻlga kiritgan boʻlsa, Karmana tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti katta leytenant Asadbek Zuvaydullayev uchinchi oʻringa munosib deb topildi. 

  Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar koʻrik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻl kiritishdi. 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech