Navoiy viloyati IIBda yangidan faoliyatini boshlagan yosh xodimlarga murabbiylar biriktirildi
Yosh xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ichki ishlar xodimlarining na’munali imijini yaratishda, kasb mahoratini oshirishda muhim jarayon hisoblanadi. Bunda "Ustoz-shogird" an’anasi alohida ahamiyatga ega. Ayni maqsadda Navoiy viloyati IIBda IIV Akademiyasi hamda Jamoat xavfsizligi universitetini tugatib, ichki ishlar organlari safida xalq tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga bel bog‘lagan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Dastlab so‘zga chiqqan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari ularni xizmatga qabul qilinganligini rasman e’lon qilib, kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tiladi. Jarayonda sohaning yosh vakillariga ko‘p yillik tajriba va malakaga ega murabbiylar biriktirildi.
Shuningdek, xizmat intizomi va qonunchilik asosida o‘rnatilgan intizom me’yorlariga amal qilishlari, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, halol va adolatli bo‘lishlari lozimligi ta’kidlandi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati