1 Fevral 2025 yil 1622

Navoiy viloyati IIBda “Eng yaxshi kitobxon xodima” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

   O‘zbek adabiyotining buyuk namoyondasi Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan ayol xodimalar ishtirokida “Eng yaxshi kitobxon xodima” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Ko‘rik-tanlov Nizomi talablariga asosan, “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob” hamda “Buyuk mutafakkir va adib” shartlari asosida o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Boshqarma NKMK IIBning katta tezkor vakili mayor Maftuna Kurasheva, 2-o‘rinni viloyat IIBning katta tezkor vakili katta leytenant Buvixanifa Xoliqova egalladi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan Xatirchi tumani IIBda faoliyat olib borayotgan voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori leytenant Nasiba Toshboltayeva faxrli 1-o‘rin sohibasi bo‘ldi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech