15 Noyabr 2023 yil 795

Navoiy viloyati IIBda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi 

 “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Navoiy viloyati IIBda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilib unda IIV Navoiy akademik litseyi  oʻquvchlari va oʻqituvchilaridan iborat jamoa ishtirok etdi. Tadbirda oʻquvchilar Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati binosidagi vatanparvarlik burchagi hamda ichki ishlar organlarining shonli tarixi, kechasi va buguni aks etgan muzey va kutubxona faoliyati bilan tanishdi.  Kun munosabati bilan tayyorlangan oʻqotar qurollar, maxsus texnika va vositalardan iborat koʻrgazma oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida oʻquvchilar Navbatchilik qismida tashkil etilgan “102” xizmati hamda situatsion markazida boʻlishib, markaz faoliyati, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda hamda ularni fosh etishda ushbu xizmatning ahamiyati  haqida tushunchalar berildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech