Navoiy viloyati IIBda oʻtkazilgan navbatdagi maʼnaviyat-maʼrifat darsida bir guruh xodimlar taqdirlandi
Navoiy viloyati IIBda “Jadidlar, milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusida maʼnaviyat-maʼrifat darsi tashkil etildi. Tadbirda dastavval, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Shokirjon Salamjonovich Sadikov soʻzga chiqib tadbirning mazmun-mohiyati, xodimlar uchun tarixni chuqur oʻrganish zarurati haqida soʻzladi. Jarayonda, mahallalarda huquqqiy targʻibotlarni olib borishda, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda faollik koʻrsatgan bir guruh xodimlar Ichki ishlar vazirining “Benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni hamda esdalik qoʻl soati bilan taqdirlandi. Shuningdek, ichki ishlar organlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etgan xodimlar ham eʼtirof etilib faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandi. Tadbirda mehmon sifatida ishtirok etgan Sanoat energetika guruhi xorijiy kompaniyasining Navoiy viloyati filiali vakili ham xodimlarning jinoyatchilikni oldini olish yoʻlidagi munosib hamkorligi uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Kun tartibiga
binoan jadidlar harakati va ularning
millatimiz maʼnaviyati va maʼrifatiga qoʻshgan hissasi toʻgʻrisida maʼlumot berish uchun maʼruzagoh qarshisiga
Navoiy davlat pedagogika instituti oʻzbek
tili va adabiyoti fakulteti dekani Qilich Bozorov taklif etildi va tadbir ishtirokchilariga
mavzu doirasidagi maʼlumotlar yetkazildi.
Navoiy viloyati
IIB Axborot xizmati