Navoiy viloyati IIBning malakali ekspertlari tomonidan joylarda mahorat darslari tashkil etildi
Oʻzaro tajriba almashish, takliflarni inobatga olish asosida kirishilgan har qanday yumush salmoqli boʻladi. Kasb doirasida oʻrnatilgan hamkorlik esa har ikki tomon uchun ham foydadan holi emas. Boisi, fikrlar uygʻunligi, yangiliklar sharhi xodimda kasbiga nisbatan ishtiyoqni oshiradi. Navoiy viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi xodimlari uchun mahorat darsi olib borildi. Unda sudga oid avtotexnika ekspertizasi, uning turlari, maksad va vazifalari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, tergovchilarga ekspertiza tayinlashda va YTH bilan bogʻlik voqea joyini koʻzdan kechirishda eʼtibor berilishi lozim jihatlar toʻgʻrisida maʼlumot va kursatmalar berildi. Mutaxassislarning bu kabi mahorat darslari IIV Navoiy akademik litseyida ham tashkil etildi. Boʻlajak osoyishtalik posbonlari ekspertiza qilish va uning sohadagi ahamiyati boʻyicha qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati