23 Aprel 2024 yil 600

Navoiy viloyati mezbonlik qilayotgan “Voleybol” boʻyicha U-18 yosh toifasidagi Oʻzbekiston chempionati yakuniga yetdi

 Navoiy shahridagi Olimpia zahiralari maktabida boʻlib oʻtgan yoshlar bahsida mamlakatimizning barcha viloyatlari shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahridan yetib kelgan yoshlar oʻzaro bellashishdi. Voleybol toʻpini bir-birlariga tezkorlik bilan uzatib, raqib maydoniga tushirish harakatlarini jamoalar oʻziga xos ravishda bajarishdi. Oʻyinchilardan chaqqonlikni talab etuvchi mazkur sport turiga barcha jamoa vakillari kuchli tayyorgarlik koʻrishgani oʻyinning murosasiz davom etishiga sabab boʻldi. Bir-necha kun davom etgan oʻyin jarayonini hakamlar adolatli baholab borishdi. Natijalarga koʻra, 3-oʻrinni Qaraqalpogʻiston Respublikasi, 2- oʻrinni Qashqadaryo viloyati yoshlari egallagan boʻlsa, mutlaq gʻoliblik mezbon jamoa Navoiy viloyati yoshlariga nasib etdi.

Gʻoliblarga Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasi raisi, Ichki ishlar vazirining kubogi, diplom va qimmatbaho sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech