Navoiy viloyati prokurori hamda viloyat IIB boshlig'i ishtirokida Karmana tumani "Do'rman" MFY hududida sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yig'ilishi bo‘lib o‘tdi
Mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, hamda tegishli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etgan mazkur muhokamada jinoyatning kelib chiqish sabablari, uning oqibatlari, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish choralari atroflicha muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan har qanday jinoyatga jazo muqarrar ekanligi, kishining bir lahzalik jahli yoki e’tiborsizligi tufayli qilgan xatti-harakati nafaqat o‘z hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, balki bir insonning umriga zomin bo‘lishi mumkinligi haqida ta’kidlandi. Yig‘ilishda yoshlar tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy hayotga faol jalb qilish orqali jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish muhimligi haqida so‘z yuritildi.
Jarayonda ko‘plab fuqarolar kiberjinoyatlarning qurboniga aylanib qolayotganligi ta’kidlanib, ushbu jinoyatdan ogoh bo‘lishlari yuzasidan bir qancha huquqiy tushunchalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati