22 Iyul 2025 yil 603

Navoiy viloyati hokimi, viloyat IIB boshlig'i va boshqa mas'ul xodimlar tomonidan yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash va tirbandliklarni kamaytirish yuzasidan shahar hududida o'rganishlar olib borildi

  Prezident raisligida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha bo'lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan Navoiy shahrida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shaharning bir qancha chorrahalarida yo‘lni kengaytirish va atrofini ko‘kalamzorlashtirish, tirbandliklarningning oldini olish maqsadida yo‘llarni rejalashtirish va qulaylashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat hokimi Normat Tursunov va tegishli mas’ullar joylarda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ko‘zdan kechirdi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, shahar infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan mas'ullarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi. Bu kabi  tashabbuslar Navoiy shahrining rivojlanishi va aholi farovonligini oshirishda muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

  Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati


Text to speech