16 Iyul 2025 yil 121

Navoiy viloyatida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi tadbirlariga start berildi

  Respublika bo‘ylab joriy yilning 15 iyul kunidan 15 avgust kuniga qadar “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi  o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Navoiy viloyati IIBning jamoat tartibini saqlashga mas’ul xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ishtirok etib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish lozimligi, xizmatni o‘tash vaqtida fuqarolar bilan xushmuomala munosabatda bo‘lish, xizmat  intizomi va qonunchilikka rioya etish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, aholi xavfsizligini ishonchli ta’minlashda ahamiyat qaratilishi muhim bo‘lgan jihatlar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 

  Huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatlarni fosh etishda jonbozlik ko‘rsatgan YPX inspektoriga vazirlik rahbariyatining minnatdorchiligi bildirildi.  

  Yo‘riqnomada belgilangan reja va topshiriqlarga ko‘ra tungi nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazildi. Profilaktik o‘rganishlar davomida jamoat joylarida fuqarolar va korxona-tashkilot xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarlarga nisbatan keskin choralar ko‘rish yuzasidan  maxsus reydlar tashkil etildi. 

  Keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar viloyatning barcha hududlari bo‘ylab davom ettiriladi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech