Navoiy viloyatida o‘tkazilgan "Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining V respublika yoshlar forumi" g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Navoiy viloyati mezbonlik qilgan Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining V respublika yoshlar forumi" yakuniga yetdi. 170 nafar yosh xodimlar ishtiroki taminlangan va 3 kun davom etgan mazkur forum doirasida o'tkazilgan musobaqalarda qatnashchilarning natijalari mutaxassislar tomonidan adolatli va shaffof tarzda baholab borildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, "Zakovat Quiz" intellektual o‘yinida 1-o‘ringa Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, "Taktik triatlon" musobaqasi bo‘yicha Buxoro viloyati IIB yosh xodimlari jamoasi munosib ko‘rilgan bo‘lsa, "Eng yaxshi paramedik" shartida Navoiy viloyati IIB yoshlari hamda "Yilning eng yaxshi yoshlar jamoasi" sifatida Samarqand viloyati IIB jamoasi vakillari e’tirof etildi. Bundan tashqari, "Jangovar marsh" musobaqasining faxrli 1-o‘rinini mezbon jamoa Navoiy viloyati IIB yoshlari band etdi.
Yurt osoyishtaligini ta’minlashga mas’ul yosh xodimlar mazkur forumda nafaqat jismonan va ma’nan kuch sinashdilar balki, kasbiy bilim va malaka almashdilar. "Yoshlar oyligi" munosabati bilan o‘tkazilgan forum o‘zaro xamjihatlik va birdamlikda erishilgan g‘alaba maydoni bo‘ldi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati