16 May 2024 yil 1500

Navoiy viloyatida “Turmush" profilaktik tadbiri davom etmoqda

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazida viloyat IIB JXX Huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari va markaz boshligʻi bilan hamkorlikda muassasada saqlanayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashilib, muammolarini hal etish choralari koʻrildi. Shuningdek,mutaxassis psixolog tomonidan ruhiy holatni barqarorlashtirish, tushkunlikdan chiqish va yashash uchun baxtli kurashish mavzularda treninglar tashkil etildi hamda muhim tavsiyalar berildi. Uchrashuv yakunida ayollar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullardan javob  olishdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech