16 Dekabr 2023 yil 1032

Navoiy viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari “Yangi yil bayrami” tadbirlarida xavfsizlikni taʼminlash yoʻlida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi

Xalqimiz tomonidan yangi orzu-umidlar, yaxshi niyatlar bilan qarshi olinadigan “Yangi yil bayrami”ni munosib kutib olish va oʻtkazish maqsadida viloyat IIB boshligʻi va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarilar shahr markaziy maydonidagi bayram archasi va uning atrofida joylashgan aholiga xizmat koʻrsatish markazlarining qishgi mavsumga tayyorligi, chiroqlar hamda isitish tizimining yongʻin xavfsizligi talablariga javob berish darajasi hamda bayram kunlari transport vositalarining tirbandlik muammosini hal etilganligi, harakat ishtirokchilari, ayniqsa, piyodalarning xavfsizligini taʼminlash masalalarini oʻrganishdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolarning xavfsizligini ishonchli taʼminlash boʻyicha masʼullarga zarur koʻrsatmalar berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech