31 Avgust 2025 yil 316

Navoiy viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlaridan iborat ishchi guruh "Bilimlar kuni" oldidan ta’lim muassasalarida o'rganishlar olib bordi

Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida yangi 2025/2026-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentyabri (seshanba kuni)dan boshlanishi belgilangan. Shu munosabat bilan Navoiy viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlaridan iborat ishchi guruh "Bilimlar kuni" oldidan bir qator talim muassasalarida o'rganishlar olib bordi. DXX, viloyat IIB hamda FVB boshliqlari tomonidan olib borilgan dastlabki o'rganishlarda Navoiy shahridagi 1-8 va 13-sonli umumta'lim maktablarining yangi o'quv yiliga shayligi, o'quvchilar hamda ota-onalarning kelib-ketishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda bayram tadbirlari o'tkaziladigan hududlar va ularda xafsizlik choralarining nechog'lik ta'minlanganligi ko'zdan kechirildi.

Shundan song, masullar Karmana tumanidagi 2-15-sonli umumta'lim maktablarida ham bolishib, talim muassasalari rahbarlari bilan suhbatlashdi va yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

O'ganishlar davomida aniqlangan mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda bayram tadbirlarini talofatsiz, kongildagidek otkazish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi

             Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech