Navoiy viloyatining bozor va yirik savdo markazlarida nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda
Navoiy viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini tashkil etish guruhi hamda hududiy veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyatning dehqon bozorlari va savdo yarmarkalarida aholiga sifatli ozoq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishga qaratilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Shu bilan bir qatorda joylarda veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilinishini taʼminlash, goʻsht va goʻsh mahsulotlari, sut, tuxum va turli sabzavotlarni isteʼmol muddatini oʻtib ketmasligi boʻyicha tushuntirishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari havo haroratining keskin koʻtarilib ketishi sababli ayrim mahsulotlarni maxsus sharoitda saqlashlari taʼkidlandi.
Reyd tadbirlari davomida qoidabuzar fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilmoqda. Bu kabi profilaktik nazorat tadbirlari viloyat boʻylab davom etmoqda. Kunni isib borayotgani oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga taʼsir koʻrsatmay qolmaydi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati