Xatirchi
tumanida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida haydovchilar
hamda velosipedchilar ishtirokida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Asosiy
eʼtibor haydovchi va velosipedchilarning majburiyatlariga qaratilib, eng avvalo
haydovchilar amal qilishi lozim boʻlgan muhim qoidalar eslatildi. Tezlikni
nazorat qilib borish, piyodalarga eʼtiborli boʻlish, ob-havo sharoitini
inobatga olgan holda harakatlanish tartibi batafsil tushuntirildi.
Shoshqaloqlik va jahlga berilishning yakuni,
ehtiyotsizlikning oqibatiga urgʻu qaratilib, yigʻilganlar xushyorlikka
chaqirildi.
Navoiy
viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: