23 Oktyabr 2023 yil 1203

Navoiy viloyatini jinoyatchilikdan holi hududga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida profilaktika inspektorlari uchun oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi

Joriy yilning 28-iyul kuni Fargʻona shahrida davlatimiz rahbari raisligida hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Xususan endilikda mahalla boshqaruvi yangi tizim asosida tashkil etilishi nazarda tutildi. Ayni jarayonda amaliyotga joriy etilgan tizim profilaktika inspektorlari faoliyatini tubdan isloh qilish mahallani jinoyatchilikdan holi hududga aylantirishga xizmat qilmogʻi lozim. Binobarin viloyatda profilaktika inspektorlari xizmatini oʻrganish, jinoyatchilik sodir etilishi darajasini aniqlash va kriminogen vaziyatni ijobiylashtirish, bunda Navoiy viloyat metodikasini yaratish, xodimlarning bilim va kasbiy koʻnikmalarini oshirish maqsadida tashrif buyurgan  IIV Akademiyasining  professor-oʻqituvchilaridan iborat ishchi guruh viloyatning shahar-tumanlarida oʻrganishlar olib bormoqda.  Oʻrganishlar davomida profilaktika inspektorlari faoliyatini monitoring qilish orqali ta’lim-tarbiya jarayonlarini yanada takomillashtirish, mahallalarda hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi kabi yangi mutaxassislar bilan hamkorlikdagi ish faoliyatini tashkil qilishga qaratilgan oʻquv mashgʻuloti ayni muddao boʻldi.  Mashgʻulot ikki kunlik dastur asosida tashkil etilgan boʻlib unda xodimlar nazariy bilimlarini amaliyotga qoʻllash boʻyicha tavsiyalar oldilar. Shuningdek, profilaktika sohasi boʻyicha qabul qilingan davlat va vazirlik  farmon, qarorlari bilan tanishtirildi. Huquqiy me’yorlar boʻyicha bajarilishi lozim ishlar tushuntirildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech