Navoiy shahrida mamlakat tarixining muhim sanalaridan biri — davlat bayrogʻini qabul qilish kuniga bagʻishlangan ommaviy yurish marafoni tashkil etildi
Navoiy shahrida mamlakat tarixining muhim sanalaridan biri — davlat bayrogʻini qabul qilish kuniga bagʻishlangan ommaviy yurish marafoni tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston ravnaqi va taraqqiyotiga hissa qoʻshishni maqsad qilgan kattayu kichik faol qatnashdi. Davlat bayrogʻi qabul qilingan kunni nishonlashga fuqarolar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatorida viloyat IIB xodimlari, shuningdek IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari faol ishtirok etishdi.
32 yildan soʻng joylarda oʻtkazilayotgan tadbirlar viloyatning turli sohalari shu jumladan, ichki ishlar sohasida ham davlat bayrogʻining yuqoriga koʻtarilishi bilan boʻlib oʻtmoqda. Navoiy shahrining shoh koʻchasidagi ushbu umumbashar tadbir shu yerda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro qalbida faxr, iftixor tuygʻularini joʻsh urishiga sabab boʻlgan boʻlsa ne ajab.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati