24 Noyabr 2021 yil 677

Navoiyda 8 ta harbiy jamoalar o‘rtasida "Stol tennisi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Sport-sog‘lik garovi. Jismoniy sog‘liq va ruhiy barkamollikni ta’minlashda sport o‘rni benihoya katta. Ayniqsa tinchlik va osoyishtaligimizni ta’minlashda kun-u tun xizmat olib borayotgan xodimlar uchun sport bilan shug‘ullanishning ahamiyati katta.

Xususan, “Viloyat Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida"gi 81-sonli farmoyishi talablariga muvofiq sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha “Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi ochiq chempionati” o‘tkazildi. O‘tkazilgan musobaqada 8 ta jamoa (Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi, JIED jamoasi, Bojxona xizmati jamoasi, Adliya jamoasi, 7532-harbiy qism(Qorovul qo‘shinlari) jamoasi,
87214-harbiy qism(Milliy gvardiya) jamoasi, Harbiy prokuratura jamoasi va 7259-harbiy qism(Lochin jamoasi) ishtirok etishdi. Qizg‘in va murosiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, ayollar o‘rtasida 3-o‘rinni Sitora Negmatova (Adliya boshqarmasi), 2-o‘rinni Mohinur Karimova(IIB) va 1-o‘rinni Gulchehra Abdiyeva(MG), erkaklar o‘rtasida esa 3-o‘rinni Zayniddin Sharipov (JIED), 2-o‘rinni Akbar Axmedov(Bojxona xizmati jamoasi) va 1-o‘rinni Gʻolib Sharipov(JIED)lar qo‘lga kiritdi.

Shuningdek juftlik bahslar (ayol va erkak) 3-o‘rinni “Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi”, 2-o‘rinni
“7259-harbiy qism jamoasi” va faxrli 1-o‘rinni “Bojxona xizmati jamoasi” qo‘lga kiritdi. Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Navoiy viloyati IIB boshqarmasi boshlig‘ining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech